Published November 1, 2025 | Version v1
Dataset Open

Metakognitiv o'qish ko'nikmalarini shakllantirishda gamifikatsiyalangan o'quv muhitining didaktik asoslari

Description

Metakognitiv o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z bilim jarayonini boshqara olishi va refleksiv tahlil yuritish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu maqolada gamifikatsiyalangan o‘quv muhitining didaktik asoslarini ishlab chiqish orqali metakognitiv o‘qish jarayonini yangi bosqichga olib chiqishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, o‘yin elementlari va interaktiv mexanizmlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda qiziqish, motivatsiya va ichki kognitiv faollikni oshirishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola doirasida didaktika, metakognitsiya va gamifikatsiya o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqilib, boshlang‘ich ta’lim jarayonida ularning uyg‘unlashuvi orqali o‘quvchilarning o‘qish faoliyatini boshqarish, rejalashtirish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion model taklif etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish konsepsiyasini chuqurlashtirish va XXI asr kompetensiyalariga ega shaxsni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Files

26-172-178.pdf

Files (776.4 kB)

Name Size Download all
md5:9168d4c75a7822db60f5dd25bb94ef83
776.4 kB Preview Download