Published October 27, 2025 | Version v1
Publication Open

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RMS (READING–MIND MAPPING–SHARING) MODELINING METODIK IMKONIYATLARI

Description

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing) modelining metodik asoslari tahlil qilingan. Modelning konstruktivistik va ijtimoiy yondashuvlarga tayangan holda o‘quvchilar tafakkuri, metakognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda RMS modelining “o‘qish”, “fikr xaritasi tuzish” va “bo‘lishish” bosqichlari orqali o‘quvchilarning o‘qish jarayoniga faol ishtirokini ta’minlash va matnni anglash darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Modelning metodik afzalliklari sifatida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, refleksiya, hamkorlikda o‘rganish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishi qayd etiladi.

Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, RMS modeli, fikr xaritasi, konstruktivizm, ijtimoiy o‘rganish, metakognitiv ko‘nikma, boshlang‘ich ta’lim

Files

58-64.pdf

Files (522.6 kB)

Name Size Download all
md5:05e26a3465706da21921f4d01747e1b9
522.6 kB Preview Download