Published October 17, 2025 | Version v1
Publication Open

LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILL. O'STIRISHNING AGROEKOLOGIK ISTIQBOLLARI VA BIOLOGIK-FAOL MODDALARNING FARMAKOLOGIK AHAMIYATI

Description

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida Lavandula angustifolia Mill. o‘simligini keng miqyosda yetishtirish imkoniyatlari hamda uning farmakologik ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Olingan ilmiy dalillar asosida lavandaning agroiqlimiy moslashuv darajasi, fenologik rivojlanish fazalari va tuproq-iqlim omillari bilan o‘zaro bog‘liqligi baholandi. Fitokimyoviy tahlillar efir moylari tarkibidagi terpenoid komplekslarining xilma-xilligi va ularning terapevtik potensialini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, Lavandula angustifolia Mill. asosidagi biofaol komponentlarning farmakodinamik xususiyatlari va farmatsevtik qo‘llanilish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot natijalari lavanda plantatsiyalarini milliy agroekotizimga joriy etishning nafaqat iqtisodiy samaradorligini, balki sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘llash uchun katta imkoniyatlar yaratishini ko‘rsatdi.

Kalit so’zlar: Lavandula angustifolia Mill., dorivor o‘simliklar, efir moylari, farmakologik xususiyatlar, farmatsevtik xususiyatlari, biofaollik.

Files

112-119.pdf

Files (724.7 kB)

Name Size Download all
md5:43a36652d3a61ff058e0c6bc436ec003
724.7 kB Preview Download