Published October 17, 2025 | Version v1
Publication Open

MINERAL О'G'ITLAR BILAN TA'MINLANISHNING YUMSHOK BUG'DOY NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

Description

Respublikamizda asosiy oziq-ovqat ekini hisoblangan bug‘doy yetishtirishda yuqori va sifatli hosil olish ko‘plab omillarga bog‘liq. Tadqiqotlarda mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti, navlarning biologik xususiyatlari hamda ularning agrotexnologik talablari o‘rganildi. Yangi yaratilgan bug‘doy navlariga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqish orqali navlarning potensial hosildorligidan to‘liq foydalanish, don sifatini yaxshilash hamda yetishtirilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyati mavjud. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror, mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda sug‘orish va oziqlantirish tizimlarini optimallashtirish, hosilni shakllantiruvchi asosiy omillarni chuqur o‘rganish g‘allachilikda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: bug‘doy, hosildorlik, tuproq-iqlim sharoiti, agrotexnologiya, oziqlantirish, sug‘orish, don sifati.

Files

106-111.pdf

Files (583.1 kB)

Name Size Download all
md5:fe450896b86bfad7fc22950b373c0ca0
583.1 kB Preview Download