MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA RUHIY SALOMATLIKKA TA'SIR E'TUVCHI OMILLAR
- 1. Farg'ona davlat universiteti magistratura bo'limi psixologiya mutaxasisiligi 1-bosqich magistranti
Description
Mazkur maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning ruhiy salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar – biologik, psixologik va ijtimoiy jihatlar chuqur tahlil qilinadi. Ruhiy salomatlik insonning emotsional barqarorligi, stressga chidamliligi va ijtimoiy moslashuvchanligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yetuk xalqaro olimlarning ilmiy qarashlari hamda O‘zbekistonlik mutaxassislarning milliy sharoitga mos ilmiy yondashuvlari tahlil qilindi. Biologik omillar qatorida genetik moyillik, asab tizimi rivoji va prenatal sharoitlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, psixologik omillar sifatida bola temperamentining xususiyatlari va stressga chidamliligi o‘rganildi. Ijtimoiy omillar esa oila muhiti, mahalla tizimi va bog‘cha muassasalari faoliyati doirasida yoritildi. Xulosa sifatida bolalar ruhiy salomatligini mustahkamlash uchun ijtimoiy-psixologik xizmatlarni kengaytirish, ota-onalar va tarbiyachilar uchun treninglar o‘tkazish, shuningdek, davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Files
28-35.pdf
Files
(403.9 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:fc8bf5becfb8d6abc4c8bd297e655ebb
|
403.9 kB | Preview Download |