ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR "DEVON"IDAGI ALISHER NAVOIYGA BAG'ISHLANGAN RUBOIYLAR
Description
Navoiy va Bobur Mirzoning taqdirida va tabiatida bir-biriga o‘xshashliklarni kuzatish mumkin. Bu ikki zot ham bolaligida tinch-osoyishta hayot bag‘rida yetuk ustozlar qo‘lidan saboq olgan.Tasavvuf ruhida tarbiya topgan va qomusiy bilimlar sohibi Navoiyning ham, Boburning ham birlashtirib turuvchi ulug‘ siymo va qutbul avliyo bu Xoja Ahror Valiydir.Xoja Ubaydulloh bu ikki zotning ustozi va piridir. Navoiy rasmiy lavozimlardan voz kechib, umrining so‘nggi 15 yilida barakali ijod bilan shug‘ullandi va go‘shanishinlikni ixtiyor aylab, darveshlardek Abdulla Ansoriy mozorida Jurubkashlik (supuruvchilik) vazifasiga o‘tdi. Bobur ham Hindistonni zabt etgach, taxtni Humoyun Mirzoga topshirib, qolgan umrini darveshlikka va ijodga bag‘ishlashni orzu qilgan. Bu ikki shaxs birdek yurtni obod qilish hamda bunyodkorlik bilan shug‘ullanganligi barchamizga ma’lum. Ularning hayoti va faoliyatida bir biriga o‘xshash tomonlariga misollar istagancha topiladi.
Files
4-10.pdf
Files
(655.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:f724418b867577d3ff4e692856cbb4b8
|
655.5 kB | Preview Download |