Published June 13, 2025 | Version v1
Publication Open

ALLERGIK KASALLIKLAR: DOLZARBLIGI, ASOSIY TURLARI VA ULARNING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Description

So‘nggi yillarda inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan kasalliklar orasida allergik kasalliklar alohida o‘rin egallamoqda. Zamonaviy tibbiyotda allergiyalar organizmning oddiy, zararli bo‘lmagan moddalarga (allergenlarga) nisbatan haddan tashqari kuchli, noto‘g‘ri immun javob berishi sifatida talqin qilinadi. Allergiya har xil shakl va ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: nafas yo‘llari allergiyasi, ovqat allergiyasi, teri allergiyalari, dori vositalariga allergiya va hatto hayot uchun xavfli bo‘lgan anafilaktik shok kabi og‘ir reaksiyalar. XXI asr boshidan boshlab allergik kasalliklarning tarqalish sur'ati tezlashdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo aholisining kamida 20–30 foizi biror turdagi allergiyadan aziyat chekmoqda. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi, pediatriya, terapiya, dermatologiya va hatto oziq-ovqat xavfsizligi kabi bir qator yo‘nalishlarda dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Allergiyalar ayniqsa katta shaharlarda va texnologik rivojlangan hududlarda keng tarqalmoqda. Bunga sabab sifatida quyidagi omillar ko‘rsatiladi:

Files

61-64.pdf

Files (377.5 kB)

Name Size Download all
md5:2d33aaa350c082cc90d0cd09a45dd13b
377.5 kB Preview Download