Published May 29, 2025 | Version v1
Journal article Open

SULFASALAZINNING NOSPETSIFIK YARALI KOLITDA QO'LLANILISHI: SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK TAHLILI

Description

Nospetsifik yarali kolit (NYK) — bu yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakni zararlovchi surunkali yallig‘lanishli ichak kasalligi bo‘lib, uni davolashda asosiy maqsad yallig‘lanishni bostirish, remissiyani ta’minlash hamda asoratlarning oldini olishdan iborat. 5-aminosalitsilat kislotasi (5-ASA) preparatlari, xususan sulfasalazin, NYK ni davolashda birinchi qator vositalar sifatida qo‘llaniladi. Sulfasalazin sulfapiridin va 5-ASA birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega. Ushbu maqolada sulfasalazinning NYK ni davolashdagi samaradorligi, ta’sir mexanizmlari, afzalliklari va cheklovlari zamonaviy adabiyotlar va klinik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida bemorlarning sulfasalazin qabulidan keyingi klinik javoblari diagrammalar orqali baholanib, preparatning remissiyani ta’minlashdagi (70–80% hollarda) va alomatlarni kamaytirishdagi samaradorligi yoritiladi.

Files

169-173.pdf

Files (865.5 kB)

Name Size Download all
md5:af2daf48a0d26409b53382f4878ba3dd
865.5 kB Preview Download

Additional details

Dates

Accepted
2025-05-12