OYBEK IJODIDA AYOLLAR OBRAZIGA MUNOSABAT ("Gulnor opa" hikoyasi asosida)
Creators
Description
Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodida alohida o‘rin tutuvchi hikoya janriga to‘xtalib o‘tamiz. Ya‘ni unda yozuvchining “Gulnor opa” hikoyasida tasvirlangan ayollar obraziga munosabat, insonlar hayotida zamon, makon, muhitning ta’siri aks ettirilgan. “Gulnor opa” hikoyasi orqali nafaqat XX asrning birinchi choragidagi, balki bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan ayrim insonlarga xos xususiyatlar atroflicha tadqiq etilgan. Bunday insonlarning faqat oilada emas bugungi demokratik jamiyatda ham xotin-qizlar huquq va erkinliklariga ta’sir etayotgani insonni o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Ushbu tadqiqotimiz buyuk adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ham hayotning dolzarb masalalariga hech qachon bee’tibor bo‘lmaganining hamda uning asarlari nafaqat o‘z davri muammolari, balki bugungi kun uchun ham muhim bo‘lgan mavzularni tasvirlashi bilan diqqatga sazovor ekanligining isboti bo‘lsa ajab emas.
Files
186.pdf
Files
(549.2 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:a894af7a8862a4554ce3e334b63078a7
|
549.2 kB | Preview Download |
Additional details
Dates
- Available
-
2025-05-21