O'ZBEK TILIDAGI VIZUAL-KOGNITIV FE'LLARNING LOKUTIV, ILLOKUTIV VA PERLOKUTIV NUTQ AKTLARIDAGI FUNKSIYALARI
Creators
Description
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi vizual-kognitiv fe’llarning nutq aktlari nazariyasiga ko‘ra lokutiv, illokutiv va perlokutiv darajadagi funksiyalari tahlil qilinadi. Nutq aktlari nazariyasida har bir gap uch qavatli semantik tuzilishga ega: lokutiv akt (gapning yuzaki lug‘aviy ma’nosi), illokutiv akt (gapiruvchining niyati, kommunikativ maqsadi) va perlokutiv akt (gap tinglovchiga ko‘rsatgan real ta’siri). Maqolada ko‘rmoq, payqamoq, kuzatmoq, anglamoq, tasavvur qilmoq singari fe’llar misolida har bir nutq aktining o‘ziga xos xususiyatlari namoyon etiladi. Ushbu vizual-kognitiv fe’llarning lokutiv darajadagi aniq va faktual ma’no berishdan tortib, illokutiv darajada xabar yetkazish, ishontirish yoki ogohlantirish vazifalarini bajarishi va yakunda perlokutiv darajada tinglovchiga ta’sir o‘tkazishi, unga ma’lumot yetkazishi yoki hissiy javob keltirishi ko‘rsatilgan. Maqola fe’llar pragmatikasini nutq aktlari nuqtai nazaridan keng yoritadi.
Files
174.pdf
Files
(519.3 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:3c8d2cebdd53983df387b654b0da846e
|
519.3 kB | Preview Download |
Additional details
Dates
- Accepted
-
2025-05-21