Published May 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN CHETDAN OLIB KELINADIGAN TOVARLARGA NISBATAN YANGI BOJSIZ OLIB KIRISH NORMALARINING QOʼLLANILISHI

Description

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar tomonidan chet eldan olib kelinadigan tovarlarga nisbatan joriy etilgan yangi bojsiz olib kirish normalarining mazmuni, qoʻllanilish tartibi va ularning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. 2025-yil 1-maydan kuchga kirgan meʼyorlarga koʻra, jismoniy shaxslar tomonidan havo transporti, temir yoʻl, daryo transporti, avtomobil va piyoda yoʻlaklari orqali olib kiriladigan tovarlar uchun bojsiz olib kirish meʼyori oʻrganiladi. Maqolada yangi normalarning amaliyotdagi qoʻllanilishi, ularning ichki bozorni himoya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish va fiskal tushumlarni oshirishdagi roli statistik maʼlumotlar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, ushbu normalar jismoniy shaxslar tomonidan bojxona imtiyozlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish holatlarini kamaytirishga, bojxona nazorati samaradorligini oshirishga va ichki ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tahlillarga koʻra, kelgusi yillarda ushbu tartibning raqamli bojxona infratuzilmasi bilan integratsiyasi orqali yanada takomillashishi kutilmoqda.

Files

110-119.pdf

Files (627.7 kB)

Name Size Download all
md5:9327559e527a78f959aed7b0f2a0553d
627.7 kB Preview Download

Additional details

Dates

Available
2025-05-12