Published May 8, 2025 | Version v1
Conference paper Open

O'QUVCHI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TABIIY FANLARNING O'RNI

Description

Mazkur maqolada o‘quvchilar kompetensiyasini rivojlantirishda tabiiy fanlarning ahamiyati tahlil qilingan.Kirish qismida XXI asrda zamonaviy jamiyat taraqqiyotida tabiiy fanlarsiz raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirish mushkul ekanligi ta’kidlanadi. Metodlar bo‘limida pedagogik tahlil, kuzatuv, suhbat va anketa usullari orqali o‘quvchilarning ilmiy fikrlash, tadqiqot o‘tkazish, xulosa chiqarish hamda ekologik madaniyatni shakllantirish kompetensiyalari baholangani keltiriladi. Natijalar bo‘limida tabiiy fanlar bilan chuqur tanishgan o‘quvchilarda bir qator amaliy va analitik ko‘nikmalar rivojlangani, kimyo, fizika, biologiya kabi fanlar yordamida innovatsion fikrlash shakllangani qayd etiladi. Muhokama qismida esa konstrukтивizm yondashuvi hamda ilmiy metodologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiya qilinishidagi ustunliklari ko‘rib chiqiladi. Xulosa bo‘limida tabiiy fanlarning o‘quvchilarni mustaqil izlanishga, muammolarni chuqur tahlil qilishga va tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatuvchi negiz ekani xulosa sifatida takidlangan. Mazkur tadqiqot natijalari tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish uchun ilmiy-amaliy istiqbollarni ko‘rsatadi.

Files

24-29.pdf

Files (603.3 kB)

Name Size Download all
md5:227135cea5dee2415937faab7973639d
603.3 kB Preview Download