SUN'IY NEYRON TARMOQLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KO'KRAK QAFASI RENTGENOGRAMMASI ASOSIDA PNEVMONIYA KASALLIGINI ANIQLASH.
Description
Ushbu maqolada sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda ko‘krak qafasi rentgenogrammasi asosida pnevmoniya kasalligini aniqlash muhokama qilinadi. Katta ma’lumotlar asosida sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanib, sun’iy intellektga asoslangan algoritmik modelini o‘qitish jarayoni tasvirlangan va ushbu modellar yordamida pnevmoniya kasalligi tashxisini aniqligini oshirishi mumkin, bu COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda foydali bo’lishi mumkin. Ko‘krak qafasi rentgenogrammasi asosida pnevmoniya kasalligini aniqlash judayam qiyin va mas’uliyatli vazifa bo’lib, bilimli va katta tajribaga ega rentgenologlarni talab qiladi. Biroq, bunday “inson” tashxisi noto’g’ri va sub’ektiv bo’lishi ham mumkin va kasallikning alomatlari noaniq bo’lishi va noto’g’ri qarorga olib kelishi ham mumkin. Bundan tashqari, agar shifokor qisqa vaqt ichida o‘nlab ko‘krak qafasi rentgenogrammasi tahlil qilishi kerak bo’lsa, xato yanada oshishi mumkin va bunday holatlarga yana ko’p omillar sabab bo’ladi. Ushbu maqolada keltirilgan sun’iy intellektga asoslangan algoritmik model pnevmoniya kasalligini aniqlashda shifokorlarga yordamchi vazifasini bajarib, ularning ish samaradorligini oshiradi va kasallikni aniqlash jarayonini avtomatlashtirishi mumkin.
Files
55-70.pdf
Files
(903.8 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:6762ab5e6b8612195f4b1129363bf30c
|
903.8 kB | Preview Download |
Additional details
Dates
- Accepted
-
2024-03-10