Published March 14, 2025 | Version v2
Journal article Open

KOʻCHMAS MULKNI SOLIQQA TORTISH VA KADASTR BAHOLASH MAQSADIDA HISOBGA OLISH

Description

Annotatsiya. Ushbu maqolada koʻchmas mulkni (yer, bino-inshootlar) soliqqa tortish va kadastr baholash bilan bogʻliq nazariy hamda amaliy jihatlar tadqiq etilgan. Yuridik va fiskal kadastrlar, ularning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda huquqiy kafolatlar muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan. Kadastrdagi maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va yaxlitligi soliq bazasini aniqlash, koʻchmas mulk obyektlarini baholash, shu jumladan kadastr qiymatini aniqlashda ahamiyatlidir. Maqolada koʻchmas mulk obyektlarini baholashda qiyosiy va xarajat yondashuvlari, ularda eʼtiborga olinadigan qiymat omillari hamda ularning kadastr agentligi maʼlumotlari bilan uygʻunlashuvi tahlil qilingan. Kadastr hisobi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish va axborotlar yaxlitligini taʼminlash orqali koʻchmas mulkni soliqqa tortish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada koʻchmas mulkni soliqqa tortish va kadastr baholash maqsadida hisobga olish borasida takliflar va tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar: koʻchmas mulk, yer soligʻi, fiskal kadastr, yuridik kadastr, kadastr qiymati, soliq bazasi, baholash yondashuvlari, kadastr agentligi, maʼlumotlar yaxlitligi, soliqqa tortish.

Files

35. Toʻlakov Ulugʻbek Toshmamatovich.pdf

Files (1.3 MB)

Name Size Download all
md5:f06022546b11afddd2ea390aeb7db500
1.3 MB Preview Download