AZOLLA CAROLINA: BIOKIMYOVIY TARKIBI VA MINERAL MODDALARNING O'ZLASHTIRILISHI
Description
Azolla carolina, yuksak suv o‘simliklaridan biri Bo‘lib, uning biokimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati qishloq xo‘jaligi va hayvonlar oziqlanishida keng qo‘llaniladi. Bu o‘simlik asosan Amerika qit’asida keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitiga keyinchalik introduksiya qilingan. Hozirgi kunda Respublikamizning Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari daryolari, suv havzalarida tabiiy holda uchraydi. Azolla Carolina qishloq xo‘jaligida ozuqa sifatida ishlatiladi, bu esa uni maqsadli ravishda yetishtirishga imkon beradi. U suv ekosistemalarida azotni bog‘lash orqali ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Azolla Carolina yuksak suvo‘tining biokimyoviy xususiyatlari haqida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Smith va boshqalar (2018) o‘z tadqiqotlarida Azollaning yuqori proteinli tarkibini ta’kidlagan. [1] Johnson va Williams (2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda azollaning azotni bog’lash xususiyatlari keltirilgan [2]. Davis (2020) esa o‘z ishlarida o‘simlikning vitaminlar va minerallarga boy ekanligini aniqlagan [3].
Files
AZOLLA CAROLINA- BIOKIMYOVIY TARKIBI VA MINERAL MODDALARNING O‘ZLASHTIRILISHI.pdf
Files
(681.0 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:f370ba9dceb8f1eace2aaba6c2da9b17
|
681.0 kB | Preview Download |