EPITELIY TOQIMALARNING HAYVONLAR ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI
- 1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universtiteti Nukus filiali
Description
To‘qima (histos-to‘qima) evolyutsion taraqqiyot natijasida vujudga kelgan, morfo-funksional xossalari va moddalar almashinuvining umumiyligi bilan xarakterlanadigan, individual taraqqiyot jarayonida umumiy manbalardan kelib chiqadigan hujayralar va ularning hosilalaridan iborat sistemadir. To‘qimalarni o‘rganish va tasnif qilishda uch asosiy omilni: to‘qimalarning kelib chiqishi hamda tarqqiyoti (genezi)ni, morfologik va funksional xossalarini hisobga olish lozim. Faqat ana shu uch omilga asoslangan tasnif tabiiy, to‘qimalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri aks ettiruvchi tasnif bo‘ladi. To‘qimalar embriongenez davrida paydo bo‘lib, tabiiyki keyin ham rivojlanishni davom ettiradi: hujayralar va hujayra shakliga ega bo‘lmagan elementlarning differensiatsiyasi doimo yuz berib turadi. Binobarin, to‘qimalar tarkibida etilgan va ma`lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar bilan birga kam tabaqalangan, ko‘payish va differensiatsiya qobiliyati saqlangan yosh hujayralar - kambial elementlar ham mavjud bo‘ladi.
Files
EPITELIY TOQIMALARNING HAYVONLAR ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI.pdf
Files
(408.2 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:8938422cd057fd68875db750cf58c6cf
|
408.2 kB | Preview Download |