Published November 10, 2024 | Version v1
Journal article Open

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR SUG'URTA KOMPANIYALARI INVESTITSIYA FAOLIYATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Description

Rivojlangan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu ularning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasini belgilaydi. Kompaniyalar uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirish orqali kelajakdagi majburiyatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan likvidlikni ta'minlaydilar. Shu bilan birga, diversifikatsiya yondashuvi risklarni kamaytirish va barqaror daromad olishda muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy mas'uliyatli investitsiyalar (ESG tamoyillari) ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv mezonlariga asoslangan bo‘lib, jamiyat va atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati Yevropa Ittifoqida "Solvency II" kabi qat'iy regulyativ talablar bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, aktivlarni boshqarish strategiyalarida passiv boshqaruv, faol boshqaruv va aktiv-majburiyatlarni boshqarish (ALM) usullari qo‘llanilib, har bir yondashuv kompaniyaning riskka munosabatiga va bozor sharoitlariga qarab tanlanadi.

Files

68-77.pdf

Files (474.2 kB)

Name Size Download all
md5:b4897d19cdfad325f95163cfae110d17
474.2 kB Preview Download

Additional details

Dates

Available
2024-11-05