Published June 14, 2024 | Version v1
Conference paper Open

"GULISTON" ASARIDA QO'LLANGAN "SIFATDOSH+FE'L" MODELIDAGI QO'SHMA FE'LLAR

Creators

Description

Dunyodagi ko‘pgina tillarning leksikasida fe’l turkumi o‘zining ma’nosi, grammatik shakllari, sintaktik vazifalari jihatidan boshqa so‘z turkumlardan ajralib turadi. Y.A.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo‘luvchi harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so‘z turkumi hisoblanadi. Bu o‘rinda “harakat” so‘zining keng ma’noda qo‘llanganligini tushunish mumkin. Chunki fe’l turkumi nafaqat harakat, balki holat va jarayon kabilarni ham ifoda etib keladi. Shuningdek, fe’l turkumi analitik shakllarga boy ekanligi bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Qo‘shma fe’llarni mazkur turkum doirasidagi analitik holatga yaqqol namuna sifatida ko‘rsatish mumkin. Mazkur tipdagi qo‘shma fe’llarda ism qism vazifasini sodda, prefiksli yoki qo‘shma fe’llardan hosil qilingan sifatdosh bajaradi. Zamon nuqtayi nazaridan ism qism sifatida, asosan, o‘tgan zamon sifatdoshlari, kamdan-kam o‘rinlarda esa hozirgi zamon sifatdoshlari kelishi mumkin.

Files

342-346.pdf

Files (1.3 MB)

Name Size Download all
md5:79a0c2895d8835e27ace306100156bdb
1.3 MB Preview Download

Additional details

Dates

Accepted
2024-05-20