Published March 17, 2024 | Version v1
Publication Open

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINI NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Description

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lining tanlab olinishi, jahon talablariga muvofiq keluvchi, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etildi. Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifalari belgilangan. Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to‘la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o‘zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi.                                                                                                                                                         

Files

61-69.pdf

Files (513.5 kB)

Name Size Download all
md5:af1502819abffeebdf4d96f1a3c51095
513.5 kB Preview Download