Published June 18, 2023 | Version v1
Journal article Open

FARG'ONA VODIYSINING SHARQIY HUDUDLARI TURLI AGROLANDSHAFTLARIDAGI SABZI NEMATODAFAUNASINING TURLAR TAHLILI

Description

2020-2023-yillarda olib borilgan tadqiqotlar ishlari davomida Farg’ona vodiysining sharqiy hududlari turli mintaqasidagi agrolandshaftlarda yetishtirilayotgan Sabzi (Daucus sativus Eoche) o’simligining nematodafaunasi o’rganildi. Tadqiqot olib borilgan turli agrolandshaftlarida sabzi o’simligining yer ustki vegetativ organlari, ildiz sistemasi va rizosfera qismlaridan namunalarini to’plash ishlarini olib borish yilning bahor, yoz va kuz oylarida marshrut usulida amalga oshirildi. To’plangan materiallardan nematodalarni ajratib olishda fitogelmintologiyada keng qo’llaniladigan Bermanning voronkali metodidan foydalanildi. Tadqiqot natijasida sabzi o’simligining yer ustki vegetativ organlari ildiz siztemasi va rizosfera tuprog’ida topilgan nematodalar 56 turdan iborat bo’lib, ular nematodalar tipining 2 ta sinf va 6 ta turkumiga mansubligi aniqlandi. Turkumlar orasida Rhabditida ((Oerley,1880) Chitwood,1933) turkumi o’z tarkibidagi turlar soni bilan boshqa turkumlardan dominantlik qilishi aniqlandi.

Files

1008-1019.pdf

Files (1.7 MB)

Name Size Download all
md5:c557a02399b7d3aa69eeacfc05aaddf9
1.7 MB Preview Download