Journal article Open Access
Atajanova Dilnoza
Markaziy Osiyo xalqlarining, xususan, ko’chmanchi – chorvador xalqlarning madaniyati, tarixiy ildizlari, ijtimoiy, falsafiy, ahloqiy diniy, badiiy qarashlari sakllana va rivojlana borishning ilk davrlari qadim – qadim zamonlarga borib taqaladi. Hududimizda yashagan ko’chmanchi – chorvador avlod – ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari va an’analari, madaniyati, tili va tarixini badiiy-falsafiy jihatdan o’ziga xos tarzda aks ettiradigan xalq og’zaki ijodiyoti nihoyatda boy va xilma-xildir. Afsonalar, qahramonlar to’g’risidagi dostonlar, to’y-sayillarda aytiladigan xalq laparlari, lirik she’rlar, maqol, masal va matalllar xalq og’zaki ijodiyoti madaniyatning uzoq tarixiga ega bo’lgan sohalaridir. Ularning ijodkori – barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratgan xalq ommasidir.
All versions | This version | |
---|---|---|
Views | 12 | 12 |
Downloads | 12 | 12 |
Data volume | 2.1 MB | 2.1 MB |
Unique views | 11 | 11 |
Unique downloads | 12 | 12 |